TURKIY DAVLATLAR ONKOLOGLARI II XALQARO KONGRESSI  2026-yil, 9-10-aprel kunlari Oʻzbekistonning qadimiy va tarixiy shahri - Samarqandda Turkiy davlatlar onkologlarining II xalqaro kongressi boʻlib oʻtadi.

TURKIY DAVLATLAR ONKOLOGLARI II XALQARO KONGRESSI 2026-yil, 9-10-aprel kunlari Oʻzbekistonning qadimiy va tarixiy shahri - Samarqandda Turkiy davlatlar onkologlarining II xalqaro kongressi boʻlib oʻtadi.

2026-yil, 9–10-aprel kunlari O‘zbekistonning qadimiy va tarixiy shahri — Samarqandda Turkiy davlatlar onkologlarining II xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi.

Birinchi kongressning muvaffaqiyatli o‘tkazilinganidan so‘ng, mazkur nufuzli tadbir turkiy davlatlar o‘rtasida onkologiya va radiologiya sohasida ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda zamonaviy tibbiy yondashuvlarni muhokama qilishga qaratilgan xalqaro platforma sifatida tashkil etilmoqda.

Kongressda turkiy davlatlarning yetakchi onkologlari, radiologlari, ilmiy xodimlari, yosh mutaxassislari va soha vakillari ishtirok etadi. Ilmiy dastur onkologiya sohasidagi eng dolzarb masalalarni qamrab oladi, jumladan: onkologik kasalliklarni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari, onkologiya va radiologiyada innovatsion texnologiyalar, klinik amaliyotda ko‘p tarmoqli hamkorlik, profilaktika, erta aniqlash va skrining dasturlari, milliy va xalqaro klinik tajriba almashish hamda turkiy davlatlarda onkologiya xizmatini rivojlantirish. Ilmiy muhokamalar amaliy tajribaga yo‘naltirilgan formatda tashkil etiladi.

Kongress dasturi doirasida yetakchi mutaxassislar ishtirokida plenar majlislar, mavzuli ilmiy sessiyalar va panel muhokamalar, mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar, shuningdek yosh onkologlar forumi bo‘lib o‘tadi. Yosh onkologlar uchun tashkil etiladigan maxsus forum ta’limiy ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, tajribali mutaxassislar bilan muloqot va kasbiy rivojlanish masalalarini o‘z ichiga oladi.

Kongressda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish 10-martga qadar, ilmiy tezislarni taqdim etish esa 1-martga qadar davom etadi.

???? Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumotlar rasmiy sayt orqali:
???? https://turkiconco.cancercenter.uz/

???? Samarqand, O‘zbekiston
???? 2026-yil 9–10-aprel.