O‘ZBEKISTON ONKOLOGLAR ASSOTSIATSIYASI MAQSADLARI
O‘ZOA Ustavining 2.1-bandiga asosan
- O‘zbekiston Onkologlar assotsiatsiyasi a’zolarining ilmiy va amaliyot faoliyatini muvofiqlashtirish;
- tibbiyot nazariyasi va amaliyotini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Onkologlar assotsiatsiyasi a’zolarining ilmiy salohiyatini amalga oshishi uchun maqbul sharoitlarni yaratish;
- O‘zbekiston Onkologlar assotsiatsiyasi a’zolarining qonuniy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning professional, fuqarolik, ijtimoiy, mualliflik va boshqa huquqlarini himoyalash;
- O‘zbekistonning boshqa tibbiyot mutaxassislari va uyushmalari bilan ishbilarmonlik, professional va ilmiy munosabatlarni, hamda xalqaro ilmiy kontaktlarni o‘rnatish va rivojlantirish.
O‘ZBEKISTON ONKOLOGLAR ASSOTSIATSIYASI VAZIFALARI
O‘ZOA Ustavining 2.2-bandiga asosan
O‘zbekiston Onkologlar assotsiatsiyasi:
- O‘zbekiston Respublikasida onkologiyani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi va ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazadi;
- onkologiya bo‘yicha ilmiy faoliyatda, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishning samarali va joriy rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha muvofiq tashkilotlarga takliflar va tavsiyalar ishlab chiqarishda, aholiga tibbiyot xizmatlarini ko‘rsatishni yaxshilashda ishtirok etadi;
- onkologiya sohasida sog‘liqni saqlash tizimini tashkillashtirish va rivojlantirishda ilmiy, uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
- milliy sog‘liqni saqlash tizimida jahon fani, texnikasi va amaliyotining ilg‘or yutuqlarini qo‘llaydi va diagnostikaning yangi usullarini yaratishda ishtirok etadi;
- onkologiya sohasida tibbiyot fanlari sohasida yutuqlarni va ma’lumotlarni targ‘ibot qiladi va tarqatadi;
- Assotsiatsiya a’zolarining malakasini oshiradi va ixtisosligini kengaytiradi;
- oliy va ixtisoslashgan tibbiyot o‘quv muassasalarida, shifokorlarning malakasini oshirish bo‘yicha oliy o‘quv muassasalarida ta’lim jarayonini malakasini oshirishga va sifatli yaxshilashga yordam beradi;
- fanni rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, hamda ilmiy va amaliy yutuqlarni tarqatilishini tezlashtirish va ularni onkologiya sohasida tibbiyot amaliyotida qo‘llash maqsadida, kongresslar, ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanlar, simpoziumlar, seminarlar va ko‘rgazmalarda ishtirok etadi, ularni tashkillashtiradi va o‘tkazadi;
- Assotsiatsiya a’zolarini, olimlarni, mutaxassislarni, aspirantlarni va talabalarni o‘qitish va malakasini oshirishga xorijiy tarmoq oliy o‘quv yurtlariga va ilmiy muassasalariga yuboradi, hamda Assotsiatsiya onkologiya sohasida ishlayotgan olimlar va mutaxassislarni qabul qiladi.
- nashriyot faoliyatini yuritadi: ixtisoslashgan ilmiy oynomalar, monografiyalar va ilmiy-publitsistik nashrlarni ishlab chiqilishida va nashr etilishida ishtirok etadi, Assotsiatsiyaning kutubxona fondini yaratadi va uni muntazam to‘ldirib boradi;
- eng yaxshi g‘oya, ilmiy va texnik yechim va yangi texnologiyalarni aniqlash uchun ko‘rgazmalar va konkurslar o‘tkazadi;
- ma’rifat, axborot va maslahat faoliyatini olib boradi va Assotsiatsiyaning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha axborot bankini yaratadi.