Hurmatli hamkasblar! Sizlarni “O‘smalar diagnostikasi va davolashda zamonaviy texnologiyalar” mavzusidagi XIX Respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishga taklif qilamiz.
18.05.2023
Hurmatli hamkasblar!
Sizlarni “O‘smalar diagnostikasi va davolashda zamonaviy texnologiyalar” mavzusidagi XIX Respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishga taklif qilamiz.
Konferensiya ilmiy platformalarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy yutuqlarni muhokama qilish rejalashtirilgan:
1.Onkurologiya;
2. Kolorektal saraton;
3. Torako-abdominal onkologiya;
4. Suyaklar, yumshoq to'qimalar va terining o'smalari va kam uchraydigan o'smalar;
5. Onkoginekologiya;
6. Ko'krak bezi saratoni;
7. Onkologik xizmatni tashkil etish, profilaktika va onkologiya bo'yicha o'qitish;
8. Bosh va bo'yin o'smalari;
Konferensiyaning ilmiy dasturidan kelib chiqib, onkologlar, rentgenologlar, jarrohlar, umumiy amaliyot shifokorlari va boshqa mutaxassisliklar taklif etiladi.
Konferensiya 2023-yil 19-20-may kunlari gibrid formatda Xiva shahrida bo‘lib o‘tadi.
Roʻyxatdan oʻtish quyidagi manzilda ochiq: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSf6UKX2SQdbENAdaQwsVHzFTjE2IsSV9GkhPsb-RATzxjSmaw/viewform?usp=sharing
Faqat ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi!
Sizni konferentsiyada ko'rishdan xursand bo'lamiz!