Assotsiatsiya
Rahbariyat
Assotsiatsiya rahbariyati va mas’ul rahbarlar.
Assotsiatsiya rahbariyati professional hamjamiyatni boshqaradi va yo‘naltiradi.
Islamov Xurshid Djamshidovich
Islomov Xurshid Jmashidovich — onkolog-jarroh, onkoproktolog va sog‘liqni saqlash tashkilotchisi bo‘lib, jarrohlik onkologiyasi va kolorektal saraton yo‘nalishida ixtisoslashgan. U O‘zbeki…
Biografiya
Islamov Xurshid Djamshidovich
Rais
Islomov Xurshid Jmashidovich — onkolog-jarroh, onkoproktolog va sog‘liqni saqlash tashkilotchisi bo‘lib, jarrohlik onkologiyasi va kolorektal saraton yo‘nalishida ixtisoslashgan.
U O‘zbekiston Respublikasida onkologiya sohasida ko‘p yillik klinik, ilmiy va tashkiliy ish tajribasiga ega. Turli yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Bosh onkologi, onkokoloproktologiya bo‘limi mudiri hamda Milliy onkologiya markazi rahbari o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2025-yildan buyon Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Asosiy kasbiy va ilmiy qiziqishlari: kolorektal onkologiya, xavfli o‘smalarni jarrohlik yo‘li bilan davolash, zamonaviy minimal invaziv jarrohlik texnologiyalari, shuningdek, metastatik kolorektal saraton bilan kasallangan bemorlarni multimodal davolash.
24 ta ilmiy ish va uslubiy tavsiyalar muallifi.
Egamberdiyev Dilshod Maxmudovich
Egamberdiyev Dilshod Mahmudovich — onkolog-jarroh, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor. 20 yildan ortiq professional ish tajribasiga ega. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologi…
Biografiya
Egamberdiyev Dilshod Maxmudovich
Bosh kotib
Egamberdiyev Dilshod Mahmudovich — onkolog-jarroh, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor. 20 yildan ortiq professional ish tajribasiga ega. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining gepatopankreatobiliar soha o‘smalari bo‘limiga rahbarlik qiladi.
Jigar, me’da osti bezi va o‘n ikki barmoqli ichak o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘yicha O‘zbekistondagi yetakchi mutaxassislardan biri. Janubiy Koreya va AQShning yetakchi tibbiyot muassasalarida ASCO va NCI grantlari asosida xalqaro malaka va tajriba orttirgan. JSSTning saraton profilaktikasi bo‘yicha milliy eksperti va xalqaro ilmiy grantlar koordinatori hisoblanadi.
Asosiy kasbiy qiziqishlari — gepatopankreatobiliar onkologiya, zamonaviy va minimal invaziv jarrohlik hamda interventsion onkologiya. Milliy klinik protokollar va ilmiy maqolalar hammuallifi, xalqaro onkologik kongresslarning faol ishtirokchisi.