Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
28.06.2021
1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Ushbu kunning ahamiyatini anglagan holda, O'zbekiston onkologlari assotsiatsiyasi hamfikrlari ijodiy guruhi bilan birgalikda Iroda Dilroz ijro etgan "Sen yashagin" qo'shig'iga maxsus videoklip tayyorladi.
Ushbu qisqa video; kasal bo'lib, ko'plab jiddiy kasalliklar, jumladan, saraton kasalligiga chalingan bolalar haqida hikoya qiladi...
Biz kattalarga murojaatqilishimizdan maqsad, davolanishning og'ir davrini boshdan kechirayotgan, ba'zan esa hayot uchun kurashayotgan bolalar, avvalambor eng yaqinlari va qarindoshlarining himoyasi, e'tiboriga va qo'llab-quvvatlashiga muhtojligini aytmoqchimiz.
Bolalar o'zlarining mehribon ota-onalari, oila a'zolarining g'amxo'rligi, iliq munosabat va e'tibor, do'stlarining ko'magi va mehrini topish orqali qiyin muammolarni yengishadi.
Shu bilan birga, muvaffaqiyatli tiklanish to'g'ridan-to'g'ri yuqori malakali tibbiyot xodimlari tomonidan ko'rsatiladigan davolanishga ham bog'liq.
Va aniqrog'i, bola taqdiriga befarq bo`lmagan har bir kishidan qilingan yordam va himoya unga davolanish yo'lini boshlashga, o'z kuchiga ishonishga va kasallikni ortda qoldirishga yordam beradi.