Bolalar ximoyasi kuni
1.06.2022
Bolalar ximoyasi kuni! Aynan shu kuni O‘zbekiston onkologlar assotsiyatsiyasi ijodiy taqdimot orqali bolalar kasalliklari muammosiga e’tibor qaratmoqda. Iroda Dilrozning “Sen yashagin” qo‘shig‘iga ushbu videoklipni yaratishda biz asosan nigohni bolalarning irodasi va ularning kurashga, taqdirning zulmkor labirintlaridan chiqishga tayyorligiga qaratdik. Biroq ushbu yo‘lda sizning ishonchingiz, e’tibor va yordamingiz kerak.