"Ko'krak bezi saratonini diagnostikasi, davolash va oldini olishning dolzarb masalalari" UZREPORT telekanalida

Ko'krak bezi saratoniga qarshi kurash oyida biz ushbu kasallik haqida gapirishni davom ettirmoqdamiz. Aynan oktyabr oyida ayollarimizga ushbu dahshatli kasallik tahdidini yana bir bor eslatib, ayollarimizni o'z sog'lig'iga g'amxo'rlik qilishga, muntazam tekshiruvdan o'tishga va o'z vaqtida shifokorga murojaat qilishga undaydi.

"Ko'krak bezi saratonini diagnostikasi, davolash va oldini olishning dolzarb masalalari" UZREPORT telekanalining "Fayzli okshom" ertalabki dasturida boshlovchilar Nilufar Sotiboldieva va Ibroxim Ahmedovning shu va boshqa savollariga - Shomansurova Nodira Saidoripovna O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining onkomamologi javob berdi.