“Onkoreabilitatsiya. Zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusidagi konferensiyasida aʼlo chiqishlar qilishdi
29.08.2020
2020 yil 28 avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining mutaxassislari MDH va Yevroosiyo mamlakatlari onkologiya va rentgenoradiologiya markazlari va institutlari direktorlari assotsiatsiyasining “Onkoreabilitatsiya. Zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusidagi konferensiyasida aʼlo chiqishlar qilishdi.
Konfrensiyada Oʻzbekiston nomidan seksion yigʻilishlarning raislari sifatida quyidagi shifokorlar ishtirok etishdi:
- Tillashayxov Mirzagʻolib Nigmatovich, yetakchi olim, onkolog-jarroh, professor, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligining bosh onkologi (1-sonli seksion yigʻilish)
- Poʻlatova Jamila Shogʻayratovna, tayanch-harakat tizimlari oʻsimtalari boʻlimining ilmiy rahbari, t.f.d., OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (RIORIATM) katta ilmiy xodimi, TTA onkologiya kafedrasining professori, Oʻzbekiston Onkologlar assotsiatsiyasining Bosh kotibi (5-sonli seksion yigʻilish)
- Axmedov Odil Muxamedjanovich, OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (RIORIATM) bosh shifokori, t.f.n. (7-sonli seksion yigʻilish)
- Madiyorov Baxtiyor Toshpoʻlatovich, katta ilmiy xodim, tibbiyot fanlari nomzodi (2-sonl seksion yigʻilish)
- Kamishov Sergey Viktorovich, boʻlim rahbari, t.f.d., BIX (9-sonli seksion yigʻilish)
- Xasanov Akbar Ibragimovich, boʻlim rahbari, professor (3-sonli seksion yigʻilish)
- Ibragimov Shavkat Narzikulovich, radioterapiya boʻlimi ilmiy rahbari, t.f.d. (4-sonli seksion yigʻilish)
Konferensiyada Oʻzbekiston nomidan quyidagi shifokorlar maʼruzalar bilan chiqish qilishdi:
- Savkin Aleksandr Vladimirovich, onkolog-shifokor, mavzu: “Tayanch-harakat apparati oʻsimtalari boʻlgan bemorlarni reabilitatsiya qilishdagi dolzarb muammolar”
- Alimxoʻjayeva Lola Telmanovna, boʻlim rahbari, t.f.d., BIX, mavzusi: “KBS bo`lgan bemorlarning psixologik mohiyatlari va psixoterapevtik yordamni muqobillashtirish”
- Madiyorov Baxtiyor Toshpoʻlatovich, katta ilmiy xodim, tibbiyot fanlari nomzodi, maʼruzasining mavzusi: “Qiziloʻngach saratonida nutritiv yetishmovchilik, muammoga zamonaviy boqish”
- Kamishov Sergey Viktorovich, boʻlim rahbari, t.f.d., BIX, maʼruzasining mavzusi: “Xatarli oʻsimtalar terapiyasining komponenti sifatida immunoonkologik preparatlar toksikligini toʻgʻrilash”
- Zokirova Nargiza Neʼmatovna, boʻlim rahbari, t.f.d., BIX, maʼruzasining mavzusi: “Gestatsion trofoblastik kasallikda fertil yoshidagi patsiyent ayollar reabilitatsiyasining psixo-emotsional jihatlari”
Hamkasblarimizni tabriklaymiz!
Batafsil maʼlumot: http://adior-breastcancer.ru