“Onkoreabilitatsiya. Zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusidagi konferensiyasi doirasida tabrik soʻzi
28.08.2020
Bugun 2020 yil 28 avgust kuni MDH va Yevroosiyo mamlakatlari onkologiya va rentgenoradiologiya markazlari va institutlari direktorlari assotsiatsiyasining “Onkoreabilitatsiya. Zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusidagi konferensiyasi doirasida tabrik soʻzi bilan Tillashayxov Mirzagʻolib Nigmatovich, yetakchi olim, onkolog-jarroh, professor, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligining bosh onkologi chiqish qildi. Oʻzining ishtirokchilarga qaratilgan tabrik soʻzida Mirzagʻolib Nigmatovich konferensiya uchun mazkur mavzu tanlanishini muhimligini taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek tabrik soʻzi bilan Poʻlatova Jamila Shogʻayratovna, tayanch-harakat tizimlari oʻsimtalari boʻlimining ilmiy rahbari, t.f.d., OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (RIORIATM) katta ilmiy xodimi, TTA onkologiya kafedrasining professori, Oʻzbekiston Onkologlar assotsiatsiyasining Bosh kotibi ham chiqish qildi. Oʻzining chiqish soʻzida u bugungi tadbir dasturining toʻyinganligi, turlicha rejaviyligi va keng geografik qamrovligi muzokaralar uchun aʼlo darajadagi maydoncha boʻlishini taʼkidlab oʻtdi. Onkoreabilitatsiya bilan bogʻliq shu kabi oʻtkir masalalarning koʻtarilishini koʻpchilik shifokorlarga tinglash, hamda ularning tajribalarini eshitish va shu mavzu bilan bogʻliq masalalarni hal etish qiziq boʻladi.
Sizni konferensiyada ishtirok etishga taklif qilamiz: https://www.adior-academy.ru/reabilitation