Konferensiyaning ishida seksiyaviy yigʻilishlarning Oʻzbekistondan raislari
27.08.2020
2020 yilning 28 avgust kuni MDH va Yevroosiyo mamlakatlari onkologiya va rentgenoradiologiya markazlari va institutlari direktorlari assotsiatsiyasining “Onkoreabilitatsiya. Zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusidagi onlayn rejimida boʻlib oʻtadigan konferensiyasi rejalashtirilmoqda.
Konferensiyaning ishida seksiyaviy yigʻilishlarning raislari sifatida quyidagilar ishtirok etadilar:
• Tillashayxov Mirzagʻolib Nigmatovich — yetakchi olim, onkolog-jarroh, professor, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligining bosh onkologi
• Poʻlatova Jamila Shogʻayratovna — tayanch-harakat tizimlari oʻsimtalari boʻlimining ilmiy rahbari, t.f.d., OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (RIORIATM) katta ilmiy xodimi, TTA onkologiya kafedrasining professori, Oʻzbekiston Onkologlar assotsiatsiyasining Bosh kotibi
• Axmedov Odiljon Muxamedjanovich— OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (RIORIATM) bosh shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi
• Madiyorov Baxtiyor Toshpoʻlatovich — tibbiyot fanlari nomzodi, OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (RIORIATM) katta ilmiy xodimi
• Kamishov Sergey Viktorovich, boʻlim rahbari, tibbiyot fanlari doktori, BIX
• Xasanov Akbar Ibragimovich — boʻlim rahbari, professor, tibbiyot fanlari doktori
• Ibragimov Shavkat Narzikulovich — radioterapiya boʻlimining ilmiy rahbari, tibbiyot fanlari doktori
Batafsil maʼlumot: https://www.adior-academy.ru/reabilitation