Konferensiyada Oʻzbekiston nomidan maʼruzalar bilan quyidagi shifokorlar
27.08.2020
2020 yilning 28 avgust kuni MDH va Yevroosiyo mamlakatlari onkologiya va rentgenoradiologiya markazlari va institutlari direktorlari assotsiatsiyasining “Onkoreabilitatsiya. Zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusidagi onlayn rejimida boʻlib oʻtadigan konferensiyasi rejalashtirilmoqda.
Konferensiyada Oʻzbekiston nomidan maʼruzalar bilan quyidagi shifokorlar chiqish qiladilar:
• Poʻlatova Jamila Shogʻayratovna — Oʻzbekiston Onkologlar assotsiatsiyasining Bosh kotibi, boʻlim rahbari, t.f.d., BIX, mavzusi: “Tayanch-harakat apparati oʻsimtalari boʻlgan bemorlarni reabilitatsiya qilishdagi dolzarb muammolar”
• Alimxoʻjayeva Lola Telmanovna — boʻlim rahbari, t.f.d., BIX, mavzusi: “KBS bo`lgan bemorlarning psixologik mohiyatlari va psixoterapevtik yordamni muqobillashtirish”
• Madiyorov Baxtiyor Toshpoʻlatovich — katta ilmiy xodim, tibbiyot fanlari nomzodi, maʼruzasining mavzusi: “Qiziloʻngach saratonida nutritiv yetishmovchilik, muammoga zamonaviy boqish”
• Kamishov Sergey Viktorovich, boʻlim rahbari, t.f.d., BIX, maʼruzasining mavzusi: “Xatarli oʻsimtalar terapiyasining komponenti sifatida immunoonkologik preparatlar toksikligini toʻgʻrilash”
• Zokirova Nargiza Neʼmatovna — boʻlim rahbari, t.f.d., BIX, maʼruzasining mavzusi: “Gestatsion trofoblastik kasallikda fertil yoshidagi patsiyent ayollar reabilitatsiyasining psixo-emotsional jihatlari”
Batafsil maʼlumot: https://www.adior-academy.ru/reabilitation