Uchinchi Xalqaro Onkologiya va Radiologiya forumi

Uchinchi Xalqaro Onkologiya va Radiologiya forumi

Bir oy oldin Uchinchi Xalqaro Onkologiya va Radiologiya forumi bo'lib o'tdi. Bu yil Forum birinchi marta onlayn tarzda o'tkazildi. Ishtirokchilarning shaxsan uchrashish imkoniyati bo'lmaganligi, balki biz bilan eng olis nuqtalarda bog'langanligi sababli Forum yanada ko'proq mutaxassislarni birlashtirdi! Ishtirokchilar ilmiy dasturdan, ma'ruzachilarning chiqishlaridan mamnun bo'lishdi va tadbir formatining qulayligini ijobiy baholashdi.

Shuningdek, ADIOR CIS va EA prezidenti, Rossiya Sog'liqni saqlash vazirligining "Radiologiya milliy tadqiqot markazi" Federal davlat byudjet muassasasi bosh direktori, Rossiya Sog'liqni saqlash vazirligining bosh mutaxasis-onkolog, tibbiyot fanlari doktori, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi A.D. Kaprin, Mushak-skelet tizimining o'smalari bo'limining ilmiy rahbari, tibbiyot fanlari doktori, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining katta ilmiy xodimi (RIO va RIATM), Toshkent davlat stomatologiya instituti onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri, O'zbekiston onkologlar assotsiatsiyasining bosh kotibi Polatova Jamila Shagayratovnaga MDH va Evroosiyo onkologiya va radiologiya institutlari direktorlari assotsiatsiyasi seksiyasidagi ishtiroki va ishi uchun minnatdorchilik bildirdi.

 

pdf Rahmat xatni ko'rish