Makroning «Hayot uchun umid sovg'a qiling!» xayriya aksiyasi
15.01.2021
Aksiya doirasida turli darajadagi onkologik kasalliklarga qarshi kurashayotgan bolalarga yordam ko'rsatiladi.
15 fevral kuni, Butunjahon saraton bilan kasallangan bolalar kunida, magnitlarni sotishdan tushgan barcha mablag'lar bolalarni davolash uchun «Ishonch» jamg'armasiga o'tkaziladi.
«Hayot uchun umid sovg'a qiling!» xayriya aksiyasining barcha batafsil ma'lumotlari va shartlari quyidagi saytda chop etilgan: makromarket.uz
Makroning «Hayot uchun umid sovg'a qiling!» xayriya aksiyasi O'zbekiston onkologlar uyushmasi bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda.
Ushbu xayrli ishga o'z hissangizni qo'shing!