Aksiya davom etmoqda
24.02.2021
Makroning «Hayot uchun umid sovg'a qiling!» xayriya aksiyasiga doirasida 1360 magnit sotildi. 15 000 000 so'mni biz hammamizning umumiy kuchimiz bilan yig'dik.
Magnitlarni sotishdan tushgan barcha mablag'lar turli darajadagi onkologik kasalliklarga qarshi kurashayotgan bolalarni davolash uchun «Ishonch» jamg'armasiga o'tkazildi.
Aksiya davom etmoqda, ushbu hayrli ishga har biringiz o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin.
«Hayot uchun umid sovg'a qiling!» xayriya aksiyasining barcha batafsil ma'lumotlari va shartlari quyidagi saytda chop etilgan: www.makromarket.uz
Makroning «Hayot uchun umid sovg'a qiling!» xayriya aksiyasi O'zbekiston onkologlar uyushmasi bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda.
Befarq bo'lmagan barchaga tashakkur bildiramiz