Abdulla Abdihakimov Bolalar gematologiyasi omarkaziga rahbarlik lavozimiga tayinlandi
2.08.2022
Abdulla Abdihakimov Bolalar gematologiyasi onkologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy markaziga rahbarlik lavozimiga tayinlandi. Tegishli buyruq asosida Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan imzolandi.
Abdihakimov 1989 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlab, mehnat faoliyatini ushbu oliy o‘quv yurtida boshlagan.
Abdihakimov tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega. 2005 yildan shu kunga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filiali direktori lavozimida ishlab kelgan.
Bungacha Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti katta ilmiy xodimi, Toshkent viloyat onkologiya markazi bosh shifokorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.