Sharq va Gʻarbning innovatsion tajribasi — “Innovatsion onkologiya” forumi
Hurmatli hamkasblar!
Oʻzbekiston onkologlar assotsiatsiyasi va N.N.Bloxin nomli onkologiya MTTM FDBM Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligining sizlarni quyidagi tadbirlarda ishtirok etishga taklif qiladi: 4 va 5 sentyabr kunlari onlayn-sessiyalari “Innovatsion onkologiya” birinchi xalqaro forumi, 3 sentyabr kuni jonli jarrohlik boʻyicha interaktiv onlayn-prekursi.
Forumning maxsus mehmoni — ESMO eksperti prof. Eric Van Cutsem.
Dastur va roʻyxatdan oʻtish shu yerda https://inno-onco.ru
Yetakchi ekspertlar: Sharq-Gʻarb-Rossiya
Prof. Xiangdong Cheng (Zhejiang Cancer Hospital) meʼda proksimal boʻlimi saratoni (Zivert II AEG) boʻlgan patsiyentlarda laparaskopik va klassik ochiq jarrohlikda — Giraffe reconstruction ovqat hazm qilish traktini tiklashning noyob uslubi toʻgʻrisida hikoya qilib beradi.
— Qanday qilib multifanli yondashuvlarni qoʻllab, dastlab jarrohlik oʻtkazib boʻlmaydigan cT4b qiziloʻngan saratoni muvaffaqiyatli jarrohlik qilingan klinik holatlarni koʻrib chiqamiz. Men eng oxirgi klinik sinovlarni va murakkab jarrohlik texnikalarini — oʻsimtalarni kesish, hazm qilish traktini tiklashni namoyish qilaman — prof. Takeo Fujita.
— Gʻarbda qiziloʻngach va kardiya saratonining aksariyat holatlari- bu Barrett adenokarsinomasi. Qiziloʻngach va kardiya saratonini davolashda 45-yildan ortiq tajribaga ega boʻlib, men texnik jihatlarning evolyutsiyasiga va bugungi kunda ushbu murakkab kasallikni davolashni belgilab beruvchi multifanli yondashuvlarga eʼtiborimni jamlayman — prof. Toni Lerut, qiziloʻngan saratoni jarrohligining patriarxi.
— Ikkita juda muhim masalalarga batafsil toʻxtalib oʻtamiz: samaradorlikni yoʻqotmasdan koʻkrak bezi saratonini jarrohlik yoʻli bilan davolash hajmlarini kamaytirish va gormonoterapiya foydasiga adʼyuvantli ximioterapiyadan voz kechish imkoni — t.f.d., prof. S.A.Tyulyandin.
— Oʻpka saratonini diagnostika qilish va davolash usullarining ilmiy qadriyatlarini muhokama qilamiz va qabul qilingan klinik tavsiyalarga muvofiq ulardan foydalanish imkoniyatini koʻrib chiqamiz — t.f.d., prof.K.K.Laktionov
— Jarrohlikdan oldingi nur terapiyasini ximioterapiyaga almashtirish mumkinmi? Jarrohlikdan oldingi nur terapiyada koʻrsatmalarning chegaralari mavjudmi? Oʻsimta jarayonining qiyin kechishi va metastatik saratoni bilan mahalliy-tarqalgan toʻgʻri ichak saratoni boʻlgan eng murakkab guruhdagi patsiyentlarning majmuaviy terapiyasini jihatlarini koʻrib chiqamiz t.f.n., Z.Z.Mamedli.
— Biz endoskopik diagnostikani, videokapsulali endoskopiyadan foydalanib skrining tekshiruvlarini, meʼda, ingichka va yoʻgʻon ichakning boʻlimlarini sinchkovlik bilan koʻrish, shilliq qavat va mikrotomirlar suratini 140 barobariga oshirish imkonini beruvchi tizimlarning yangi imkoniyatlarini namoyish qilamiz — t.f.d., prof.O.A.Malixova.