11-oktabr Jahon urologiya kuniga bag‘ishlangan vebinar
2022 yil 11-oktabr Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIOvRIATM ) hamda O'zbekiston onkologlar assotsiatsiyasi tomonidan Jahon urologiya kuniga bag‘ishlangan onlayn vebinar bo‘lib o‘tadi.
Vebinarda quyidagi ma'ruzachilar ishtirok etadilar:
1. Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich – yetakchi olim, jarroh-onkolog, professor, Respublika onkologiya ilmiy markazi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh onkologi, Fan va texnika sohasidagi Davlat mukofoti laureati hamda O'zbekiston onkologlari uyushma raisi. (O‘zbekiston)
2. Andrey Dmitrievich Kaprin – ADIOR MDH va EO prezidenti, Rossiya Sog'liqni saqlash vazirligining FDBU "NMITs radiologiya" Bosh Direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi
3. Boyko Elena Vladimirovna t.f.n. (RIOvRIATM ) onkurologiya kafedrasi ilmiy rahbari – ma’ruza mavzusi “O‘tkir buyrak hujayrali karsinomasini davolashning turli yo‘nalishlarida maqsadli ta’sir etishning muvaffaqiyatlari” (O‘zbekiston)
4. Pilchuk Pavel Sergeevich Saraton onkologi, ma'ruza mavzusi: "Jinsiy a’zoni statistikasi va jarrohlik”. (Rossiya)
5. Kalpinskiy Aleksey Sergeevich, tibbiyot fanlari nomzodi - ma'ruza mavzusi "Buyrak o'smalari bilan og'rigan bemorlarda organlarni saqlash usullarini qiyosiy tahlil qilish. P.A. Gertsen nomidagi MNIOI tajribasi (Rossiya)
6. Umurzakov Xusan Talipbayevich “KazNIIOiR” AО Onkourologiya markazi rahbari – ma’ruza mavzusi “Prostata saratonini laparoskopik davolash”. (Qozog'iston)
7. Djumaev Tojiboy Djumaevich Saraton ilmiy markazining uroproktologiya bo'limi boshligi o’rinbosari. Ma’ruza mavzusi: “Quviq saratoni uchun terapevtik taktikalar” (Tojikiston)
8. Najmiddinov Asqar Xasanovich, onkolog. Ma’ruza mavzusi: “Asabni saqlaydigan prostatektomiyaning birinchi tajribasi. Klinik holat. (Tojikiston)
9. Sergey Viktorovich Kamishov tibbiyot fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (RIO va RIATM) Kimyoterapiya bo‘limi ilmiy rahbari – ma’ruza mavzusi “Quviq saratoni kimyoterapiyasining zamonaviy jihatlari”. (O‘zbekiston)
Efir tili: rus
Ko'rish uchun havola: https://youtu.be/eCGEAj2edEI