Rossiya onkourologlar jamiyatining XV-chi Xalqaro Kongressi
Hurmatli hamkasblar!
30.09.2020-02.10.2020 yil kunlari sizlarni Rossiya onkourologlar jamiyatining XV-chi Xalqaro Kongressida ishtirok etishga taklif qilamiz.
Rossiya onkourologlar jamiyati onkourologik kasalliklarni oʻrganish bilan shugʻullanadigan va patsiyentlarga malakali yordam koʻrsatadigan fan va tibbiyotning barcha sohasidagi olimlar va tibbiyot mutaxassislarini birlashtiradi.
Har yillik tadbirga bir yarim oy qoldi, unda yuksak stajga ega mutaxassislarga quyidagi mavzular batafsil taqdim etiladi:
• buyrak saratoni
• prostata bezi saratoni
• qovuq saratoni
Har yili kongress Rossiya, hamda yaqin va uzoq xorij mamlakatlaridan mingdan ortiq delegatlarni birlashtiradi. Mazkur ishtirokchilarning aksariyatiga- bu nafaqat professional hodisa, balki doʻstlarni, hamkasblarni, hamfikrlarni uchratish mumkin boʻlgan maydoncha hamdir.
Har bir mutaxassisning ishtirok etishiga imkon yaratish uchun va dunyodagi epidemiologik vaziyat tufayli bu yili tadbir onlayn formatda oʻtkaziladi.
Oʻtgan yillarda orttirgan tajribamiz shuni koʻrsatdiki, tibbiyot tadbirlarini onlayn formatda oʻtkazilishi barcha ishtirokchilar uchun maksimal darajada samarali va qulay boʻlar ekan. Bu bir-biridan uzoqda, dunyoning turli nuqtalarida turib birga boʻlishning alohida imkoniyati.
Barchaga qulaylik yaratish maqsadida tadbirda ishtirok etish bepul.
Ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish zarur: http://www.roou-congress.ru/registration
Kongress haqida batafsilroq: http://roou.ru/events/xv-mezhdunarodnyiy-kongress-rossiyskogo-obshhestva-onkourologov