Ginekologik saraton toʻgʻrisidagi Xalqaro xabardorlik kuni
20.09.2020
20 sentyabr Ginekologik saraton toʻgʻrisidagi Xalqaro xabardorlik kuni deb eʼlon qilingan. Saratonga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro ESGO va ENGAG tashkilotlari 20dan ziyod mamlakatlardagi ayollarni GODay bilan birgalikdagi — ginekologik saratonsiz dunyo harakatiga chaqiradi. 2018 yilda dunyo boʻyicha 1,3 milliondan oshiq ayollarda ginekologik saratonlar tashhisi qoʻyilgan: 44%ga yaqini — bu bachadon boʻyni saratoni, 25% tuxumdonlar saratonining yangi holatlari, 29% endometriy saratoni, va yana 5% — boshqa lokalizatsiyalar.
Dunyo boʻyicha 468 000 nafar ayol 2018 yili ginekologik saratondan koʻz yumgan. Shu holatlarning 67%ni bachadon boʻyni saratoni (BBS) tashkil qildi. Ginekologik saratonlar AQShda yiliga taxminan 98 ming ayollarda aniqlanadi, har yili bachadon boʻyni saratoniga uchragan 58 ming nafar ayol Yevropada aniqlanadi. Ayollar aholisining ginekologik saratonlar toʻgʻrisidagi umumiy xabardorlik darajasi hali ham anchagina past.
Butunjahon GO kuni ayollarning xavf omillari toʻgʻrisidagi xabardorligini oshirishga, belgilarni aniqlash va “GO for… Awareness, Action, Hope, Life” Xalqaro kampaniya bilan saratonga qarshi kurashishda choralarni qabul qilishga qaratilgan, u 20 sentyabr kuni 20dan ziyod mamlakatlarda bir vaqtda oʻtkaziladi
“Umid qilamizki, boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda va targʻibot guruhlari bilan yaqindan hamkorlikda biz xabardorlik darajasini oshirishimiz va ginekologik saratonlarning profilaktikasini va erta aniqlanishini yaxshilashimiz mumkin. Butunjahon GO kuni- bu dunyo boʻylab ayollarning yashab ketish koeffitsiyentini va hayotining sifatini yaxshilash boʻyicha birgalikdagi ulkan saʼy-harakatlar”, — deydi ESGO prezidenti Denis Kerley.
Taʼkidlash joizki, ginekologik saratonlarni bartaraf etish mumkin. Muntazam skrining va koʻriklar, hamda turmush tarzining tanlovi saratondan himoya qilishi mumkin. Va unutmaslik lozim, saraton erta aniqlanishida uni hattoki toʻliq davolash ham mumkin.
Tuxumdonlar saratoni, bachadon boʻyni saratoni, endometriy saratoni ayollarda uchraydigan eng koʻp tarqalgan saraton turlaridan hisoblanadi.
ENGAG haqida
2012 yili asos solingan Gynecological Cancer Advocacy Groups (ENGAG) yirik Yevropa tarmogʻi eng kam uchraydigandan tortib to eng keng tarqalgan barcha turdagi ginekologik saratonlardan, xususan: tuxumdonlar saratoni, endometriy saratoni, bachadon boʻyni saratonidan aziyat chekkan patsiyentlar guruhini ifoda etadi.
ENGAG — Yevropadagi ginekologik saratoni boʻlgan bemorlarning ovozi.
ESGO haqida
ESGO ginekologik saratonning profilaktikasiga, davolanishiga va butun dunyoda tibbiyot xodimlari va tadqiqotchilarni taʼlim olishiga yordam berib, ginekologik (jinsiy aʼzolar va KBS) saratonlari boʻlgan yevropa ayollarining yashab ketishini va hayotining sifatini yaxshilashga bagʻishlangan Yevropaning ginekologik saratonlar boʻyicha yetakchi tashkiloti hisoblanadi.
1983 yilda asos solingan paytidan boshlab ESGO oʻsib borayotgan notijorat tashkiloti va 40 mamlakatdan 2500dan ziyod mutaxassislarning ginekologik saratonlari boʻlgan ayollar parvarishining eng yuqori sifatiga erishish yoʻlidagi forumi hisoblanadi.