15 sentyabr — Xalqaro limfomalarga qarshi kurashish kuni

15 sentyabr — Xalqaro limfomalarga qarshi kurashish kuni

2002 yili dunyo boʻylab oʻzida 57 tashkilotni birlashtiruvchi Limfoma koalitsiyasi tuzilgan edi. Ikki yildan soʻng u maqsadi limfatik tizimning xatarli kasalliklari, uning simptomlari, erta diagnostikasi va profilaktikasi toʻgʻrisida xabardor qilish boʻlgan ushbu bayramni nishonlash tashabbusi bilan chiqdi. 

Har yili 15 sentyabr kuni 2003 yilning sentyabr oyida Yevropada asos solingan, bugungi kunda tarkibida 7 000 dan ziyod Yevropa, Osiyo, Avstraliya, Shimoliy va Janubiy Amerika aholisi, tibbiyot jamoatchiligi, bemorlarning qarindoshlari va yaqinlari, xatarli limfomalardan tuzalib ketgan patsiyentlar boʻlgan Limfomali bemorlar jamiyatining aʼzolari tomonidan Limfomalarga qarshi kurashish kuni nishonlanadi, u 2004 yildan beri oʻtkaziladi. 

Oʻzbekistonda oxirgi yillarda xatarli limfomalar kasalligining 100 ming aholiga nisbatan 2015 yilda 1,1 mingdan 2018 yilda 2,6 minggacha oshishi kuzatilmoqda, bu esa yiliga deyarli 2,5 barobarni tashkil etadi. 

Yangidan aniqlangan patsiyentlarning mutlaq soni yiliga 800 dan 1000 tagacha odamni tashkil qiladi. Nexodjkin limfomalarning 48% kasallikning 3-4 bosqichida aniqlanadi, taxminan shu diapazonda Xodjkin limfomalari ham aniqlanadi — 41%.  Shu qatorda 5-yillik yashab ketishi ham xavotir tugʻdiradi — nexodjkin limfomalarida 54,9%, Xodjkin limfomalarida esa — 41,3%. Biroq, toʻgʻri davolanganda Xodjkin limfomasi har qanday bosqichda 80-95% holatlarda davo topadi, nexodjkin limfomasida esa uzoq muddatli retsidivsiz yashab ketishga erishish 70-80% holatlarda ehtimolli, oʻsimtaning immunogistokimyoviy parametrlariga qarab.

Bemorlarning toʻliq tuzalish imkoniyatlari kasallikni aniq va oʻz vaqtida diagnostika qilishga bogʻliq. Oʻz vaqtida aniqlanishida va sifatli terapiyada limfomani 80% holatlarda davolasa boʻladi, hozirgi texnologiyalar esa toʻliq davolash imkonini beradi yoki limfomali  bemorlar hayotining sifatini ahamiyatli tarzda yaxshilaydi.